BIZ HAQIMIZDA

Davolovchi.uz – bu zamonaviy raqamli tibbiy platforma bo'lib, bemorlar va shifokorlar o'rtasida tezkor va ishonchli aloqani ta'minlashga mo'ljallangan. Smart Health Systems MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan ushbu platforma orqali shifokorlar mustaqil ravishda faoliyat yuritishlari, o'z xizmatlarini taqdim etishlari va qo'shimcha daromad topishlari mumkin. Shu bilan birga, bemorlar o'zlari uchun eng qulay va samarali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bizning asosiy maqsadimiz – tibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni joriy qilish, tibbiy xizmatlarni tezkor, ishonchli va qulay qilish, shuningdek, shifokorlarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishiga sharoit yaratishdir.

Xizmatlarimiz

Mother and child
Onlayn Konsultatsiya

Qanday qilib va kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi? Shifokor qabulida uzoq navbat kutishga vaqtingiz yo'qmi? Onlayn maslahat xizmati sizga qulay vaqtda, uyingizdan chiqmagan holda professional tibbiy tavsiyalarni masofadan turib olish imkonini beradi. Ushbu xizmat orqali siz sog'lig'ingiz bo'yicha muhim savollarga tez va samarali tarzda javob olasiz, keraksiz stress va xarajatlardan xalos bo'lasiz.

  • Tezkor tibbiy maslahat

  • Uy sharoitida qulay va xavfsiz muhit

  • Navbat kutish va transport xarajatlaridan ozod bo'lish

  • Shifokorni o'zingiz mustaqil tanlash imkoniyati

Doctor and patient
Shifokor qabuliga yozilish

Shifokor qabuliga yozilish uchun telefon orqali uzoq vaqt kutish yoki klinikaga bevosita borishga hojat yo'q. Platforma orqali o'zingiz uchun qulay vaqt va kerakli shifokorni osonlik bilan tanlang. Qabul vaqti oldindan belgilanganligi sababli siz o'z kun tartibingizni qulay rejalashtirishingiz mumkin. Bu bilan siz vaqtingizni tejaysiz va sifatli tibbiy xizmatdan kafolatli ravishda foydalanasiz.

  • Qabulga yozish jarayoni tez va oddiy

  • Kuni va vaqti kafolatlangan qabul

  • Uzoq vaqt navbatda kutishdan xalos bo'lish

  • Shifokorlarni reyting va sharhlar asosida tanlash imkoniyati

Doctor checks child
Bemor uyiga chaqiruv (keyingi bosqichda ishga tushiriladi)

Ba'zi holatlarda klinikaga borishning imkoni bo'lmay qoladi: kasallik kuchayganda yoki bemorning harakatlanishi qiyinlashganda, uyingizda tezkor tibbiy yordam zarur bo'ladi. Keyingi bosqichda ishga tushiriladigan bu xizmat yordamida siz professional tibbiy ko'rik va maslahatni uyingizda olasiz. Bu xizmat orqali xavfsizlik, qulaylik va tezkor tibbiy yordam sizga kafolatlanadi.

  • Harakatlanishda qiyinchiliklarga ega bemorlar uchun qulay

  • Zarurat bo'lganda tezkor tibbiy yordam

  • Uy sharoitida xavfsiz va sifatli xizmat

Nega aynan Davolovchi.uz?

Tajribali shifokorlar

Faqatgina malakali, ishonchli va tasdiqlangan mutaxassislar ishlaydi.

Bepul navbatga yozilish

Bemorlar shifokor qabuliga oldindan bepul yozilishi mumkin.

Qulay aloqa

Videoqo'ng'iroq, ovozli aloqa yoki chat orqali shifokor bilan bog'lanish imkoniyati.

24/7 xizmat

Istalgan vaqt va joyda tibbiy maslahat olish imkoniyati.

Shaffof narxlar

Hech qanday yashirin to'lovlarsiz, faqat ochiq va tushunarli narxlar.

Xavfsiz va maxfiy xizmat

Foydalanuvchilarning barcha ma'lumotlari shifrlangan va ishonchli saqlanadi.

Platformaning asosiy imkoniyatlari

Bemorlar uchun imkoniyatlar:

Onlayn tibbiy maslahat olish

Shifokor bilan istalgan vaqtda, istalgan joydan bog'lanish va maslahat olish

Shifokor qabuli uchun navbatga yozilish

Klinikalar va mustaqil shifokorlar-ning qabul jadvalini ko'rib, oldindan bron qilish

Shifokorni uyga chaqirish

Bemorlar o'z manzillarida shifokor xizmatidan foydalanishlari mumkin

Tibbiy xizmatlarning shaffofligi

Bemorlar shifokorlarning profillarini, ularning reytinglari va bemorlar tomonidan qoldirilgan sharhlarni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega

Onlayn to'lov tizimi

Xizmat uchun oldindan to'lov qilish va mablag'lar xavfsizligini ta'minlash

Shifokorlar uchun imkoniyatlar:

Mustaqil faoliyat yuritish

Shifokorlar o'z xizmatlarini taklif qilishlari, narxlarni mustaqil belgilashlari va ish jadvalini o'zlari boshqarishlari mumkin

Yangi bemorlarni jalb qilish

Platforma orqali bemorlarning shifokorlarga oson va tezkor murojaatini ta'minlaymiz.

To'lovlarning kafolatlanganligi

Bemorlar xizmat uchun oldindan to'lov qiladi va shifokor xizmatni bajargandan so'ng mablag' platforma orqali hisob raqamiga o'tkaziladi

Professional rivojlanish

Yangi bemorlar bilan ishlash, ularning fikr-mulohazalarini olish va o'z xizmatlarini takomillashtirish imkoniyati.

Konsultatsiyaga yozilish tartibi

Shifokorni tanlang

Bemorlar o'zlariga mos mutaxassisni tanlab, qabul sanasi va vaqtini belgilaydilar.

Xizmat uchun to'lov qiling

Konsultatsiyadan oldin to'lov amalga oshiriladi.

Belgilangan vaqtda saytdan foydalaning

Belgilangan vaqtga ko'ra shifokor bilan bog'laning va maslahat oling.

Biz kimmiz?

Smart Health Systems MCHJ – innovatsion yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan IT-kompaniya bo'lib, Davolovchi.uz platformasini yaratdi. Biz tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali bemorlar va shifokorlar uchun samarali, xavfsiz va qulay xizmatlarni taqdim etishga intilamiz.

Bizning asosiy tamoyillarimiz:

Shifokorlarning mustaqilligi va erkinligi

Har bir shifokor o'z xizmatlarini o'zi tashkil qilish imkoniyatiga ega

Bemorlar uchun shaffof va sifatli tibbiy xizmatlar

Barcha xizmatlar bemorlar uchun qulay va ishonchli bo'lishi kerak

Tibbiy sektorni innovatsion yechimlar bilan rivojlantirish

Zamonaviy texnologiyalar orqali tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish.

Shifokormisiz?

Vaqtingizdan unumli foydalaning: onlayn maslahat bering, bemorlaringiz sonini va daromadingizni oshiring! Tajribangiz qadrlansin, ismingiz tanilsin!

Ro`yxatdan o`ting!

Tez-tez so'raladigan savollar

Ro'yxatdan o'tish tartibi qanday?

Platformadan foydalanish uchun telefon raqamingiz orqali ro'yxatdan o'tasiz. Telefon raqamingizni kiritasiz va SMS orqali kelgan kod yordamida tasdiqlaysiz. Shundan so'ng shaxsiy kabinetingiz hosil bo'ladi va siz xizmatlardan foydalanishni boshlashingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish pullikmi yoki bepulmi?
Xizmatlarning narxlari qancha va narxlar qanday belgilanadi?
Shifokorlarning malakasi va tajribasi qanday tekshiriladi?
Qaysi holatlarda onlayn konsultatsiya tavsiya etilmaydi?
Platformada qanday to'lov usullari mavjud?
Xizmatlar uchun oldindan to'lov qilinishi shartmi?
Onlayn maslahat qancha vaqt davom etadi?
Qaysi qurilmalar orqali platformaga ulanish mumkin?
Ro'yxatdan o'tish uchun qanday hujjatlar kerak?
Onlayn konsultatsiya kimlarga tavsiya etiladi?
Onlayn konsultatsiya nima uchun kerak?
Shifokor bilan qanday muloqot qilish kerak?
Shifokordan qanday javoblar olasiz?
Qaysi holatlarda onlayn konsultatsiya tavsiya etilmaydi?
Texnik talablar qanday bo'lishi kerak?
Shifokor bilan qanday muloqot qilish kerak?
Shifokorga qanday ma'lumotlarni taqdim etishim kerak?
Maslahat vaqtida qanday savollar berganim yaxshi?
Platformaning mobil ilovasi bormi yoki bo'ladimi?
Platformada texnik muammolarga duch kelsam qayerga murojaat qilishim mumkin?
Qo'llab-quvvatlash xizmati qaysi vaqtlarda faoliyat yuritadi?
Nima uchun aynan Davolovchi.uz?
Agar maslahat vaqtida aloqa uzilsa nima qilish kerak?
Konsultatsiyani bekor qilish yoki boshqa vaqtga ko'chirish qanday amalga oshiriladi?
Davolovchi.uz platformasida onlayn maslahatni qanday olish mumkin?
Qanday qilib Davolovchi.uz platformasi orqali shifokor qabuliga yozilishim mumkin?